← Kurslar

Noldan yo'li · A1 bosqichi · ilgari «Ravon o'qish»

NAHV ACADEMY

Amaliy arab tili

A0 ni tugatganlar uchun

Daraja
A1
Jadval
Haftada 3 kun
Narx
590 000 so'm / oy1 oy = 12 dars, oldindan to'lanadi
Platforma
Online

Kimga

Kimga to'g'ri keladi

Kimlar uchun

  • Arabcha ravon oʻqiysiz, lekin gapirishga kelganda soʻz topolmaysiz
  • Arabcha nutqni eshitsangiz, tushunmaysiz
  • Yolgʻiz oʻqib davom ettirolmayapsiz — guruh va nazorat kerak

Kerak bo'ladi

  • Arabcha matnni ravon oʻqish
  • A0 bosqichini tugatgan boʻlish
  • Boshlangʻich grammatika qoidalari va lugʻat

To'g'ri kelmaydi

  • Harflarni endi oʻrganayotgan boʻlsangiz — avval A0 bosqichi kerak, menejerimdan soʻrang
  • Uy vazifasisiz oʻrganmoqchi boʻlsangiz — har vahdada vazifa bor

Natija

Kurs oxirida siz

7vahda

2kitob

A1daraja

  • Oʻzingizni tanishtirasiz: ismingiz, oʻqishingiz va oilangiz haqida gapirasiz
  • Uy, kundalik ishlar, taom va kiyim haqida oddiy suhbat qurasiz
  • Arabcha dialogni tinglab tushunasiz
  • Kichik matnni oʻqib tushunasiz va savollarga javob berasiz
  • Oʻzingiz, oilangiz va kuningiz haqida qisqa matn yozasiz, anketa toʻldirasiz
  • Grammatikani gapda qoʻllaysiz: olmoshlar, uch zamon, inkor, sifat va sonlar

Kurs oxirida — A1 daraja. Nimani oʻzlashtirganingizni oraliq va yakuniy test raqamda koʻrsatadi.

Dastur

Kursda nima o'qiladi

A0 ni tugatganlar uchun A1 bosqichi. «Miftahul arobiyya A1» ning ikki kitobi — «Muhadasa va istima'» hamda «Qiroa va kitaba» — vahdama-vahda birga o'qiladi. Uy ishini sun'iy intellekt tekshiradi, kurs o'rtasida oraliq, oxirida yakuniy test bo'ladi.

Vahdama-vahda

7 vahda rejasi

1–3-vahda

Oʻzim va yaqinlarim

  1. 1Salomlashish va tanishuvolmoshlar, millat (nisba), koʻrsatish olmoshlari, muzakkar va muannasالتَّحِيَّاتُ وَالتَّعَارُفُ
  2. 2Oʻqish va talaba hayotibirlik va koʻplik, izofa, hozirgi zamon feʼli, buyruq, tartib sonlarالدِّرَاسَةُ
  3. 3Oila va qarindoshlaraniq va noaniq ot, ikkilik, toʻgʻri koʻplik, sonlarالْأُسْرَةُ
  4. —Oraliq test1–3-vahda boʻyicha

Har vahda — bir mavzu ikki kitobda: avval «Muhadasa va istimaʼ» (tinglash, gapirish), keyin «Qiroa va kitaba» (oʻqish, yozish). Har vahdaga taxminan 4 dars.

4–7-vahda

Uy va kundalik hayot

  1. 4Uy va joylarismiy va feʼliy gap, sifat, oʻrin ravishlari, inkorالْبَيْتُ
  2. 5Kundalik ishlarsoat, oʻtgan va hozirgi zamon, kelasi zamon, inkorأَعْمَالٌ يَوْمِيَّةٌ
  3. 6Taom va ichimliklarpayt ravishlari, ikkilik, taklif va man qilish, bogʻlovchilarأَطْعِمَةٌ وَمَشْرُوبَاتٌ
  4. 7Odamlar va kiyimni tasvirlashranglar, sifat va sifatlanmish, inkorالْوَصْفُ
  5. —Yakuniy testbutun kurs boʻyicha

Har vahdada uy vazifasi bor; yozgan va aytgan ishingizni sunʼiy intellekt tekshiradi.

Dars

Dars qanday oʻtadi

Zoom · haftada 3 kun

  1. 1

    Zoom dars

    Yangi vahda jonli darsda: dialogni tinglaysiz, takrorlaysiz, matnni oʻqiysiz. Active oʻquvchidan ustoz soʻraydi.

  2. 2

    Uyda mashq

    Har vahdaga uy vazifasi: dialogni tinglash, sherik bilan aytish, matnni oʻqish va yozish mashqi.

  3. 3

    Tekshiruv

    Yozgan va aytgan ishingizni sunʼiy intellekt tekshiradi: xatolaringiz va ularning toʻgʻrisi.

Darsda · dialog1-vahda · tanishuv
Muallim
السَّلَامُ عَلَيْكُمْ.
Talaba
وَعَلَيْكُمُ السَّلَامُ.
Muallim
اِسْمِي مُحَمَّدٌ. وَأَنْتَ؟
Talaba
اِسْمِي عَلِيٌّ.

Avval dialog tinglanadi, keyin rollarda aytiladi — oʻzingiz haqingizda oʻz soʻzlaringiz bilan.

Uyda

Mashq — telefoningizda

Har vahdaga uy vazifasi: dialogni tinglash, sherik bilan aytish, matnni oʻqish va yozish mashqi.

  • TinglashKitob dialoglari audio bilan — telefonda xohlagancha qayta tinglaysiz
  • Sherik bilanDialogni guruhdoshingiz bilan rollarda aytib, ovozli xabar yuborasiz
  • YozishKitobdagi yozuv mashqi — yozganingizni sunʼiy intellekt tekshiradi
  • Sunʼiy intellekt. Yozgan va aytgan ishingizni sunʼiy intellekt tekshiradi: qayerda xato qildingiz va toʻgʻrisi qanday.
  • Oraliq va yakuniy test. Kurs oʻrtasida va oxirida test: oʻzlashtirganingiz raqamda koʻrinadi.

To'lov tartibi

Oy uchun emas — o'tilgan dars uchun to'laysiz

Bayram yoki boshqa sabab bilan guruhning darsi bo'lmasa, u hisobga kirmaydi: muddat suriladi, pul emas.

bayram — hisobga kirmaydi12-dars — «oy» tugadi

  1. Bir «oy» — to'rt haftalik dars. Haftada 2 kun — 8 dars, 3 kun — 12, 6 kun — 24.
  2. Sanoq guruh bo'yicha. Guruhda dars o'tilgan bo'lsa, siz kelmagan kun ham hisoblanadi.
  3. To'lov oldindan, yangi «oy» boshlanganda.
  4. Hammasi kabinetda: nechta dars o'tildi, qancha to'ladingiz.

Savol-javob

Ko'p so'raladi

Narxi qancha va qanday to'lanadi?

590 000 so'm bir «oy» uchun, oldindan. «Oy» — kalendar oyi emas, 12 ta o'tilgan dars: bayram sabab bo'lmagan dars hisoblanmaydi — muddat suriladi.

Darslar qachon va qayerda?

Darslar Online orqali o'tadi. Keyingi guruh vaqtini menejerimdan so'rang: Menejerdan so'rash ↗

Qaysi darajadan boshlasam bo'ladi?

Kurs A1 oralig'ida — A1 darajasidan boshlanadi. Darajangizni bilmasangiz: 3 savolli test

Kursga kirish uchun nima bilish kerak?

Ravon oʻqish va A0 darajasi: boshlangʻich grammatika qoidalari va lugʻat. Harflarni endi oʻrganayotgan boʻlsangiz, avval A0 bosqichi kerak.

Active va Passive Pro farqi nima?

Narx bir xil. Ikkalasida jonli darsga kirasiz va davomat yuritiladi. Farqi bitta: Active oʻquvchidan ustoz darsda soʻraydi, Passive Pro oʻquvchidan soʻralmaydi.

Qaysi kitob oʻqiladi?

«Miftahul arobiyya A1» ning ikkala kitobi birga. Har vahdada avval tinglash va gapirish, keyin oʻqish va yozish.

Bilimim qanday tekshiriladi?

Uy ishingizni sunʼiy intellekt tekshiradi; kurs oʻrtasida oraliq test, oxirida yakuniy test boʻladi.

Faqat telefon yetadimi?

Ha. Darslar Zoomda, vazifa — Telegramdagi botda; ikkalasi ham telefonda ishlaydi.

Yozilish

Menejerimga yozing — Amaliy arab tili bo'yicha darajangiz va vaqtingizga mos guruhni aytadi. Telegram qulay bo'lmasa — ariza shakli.